Skip to Content

Davolash ishi yo‘nalishi o‘quvchilarining amaliy mashg‘ulotlari


Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumining 3-bosqich “Davolash ishi” yo‘nalishi o‘quvchilari yashash manzillaridagi Oilaviy shifokor poliklinikalarida ishlab chiqarish amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tamoqda.

Mazkur jarayon ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, kasbiy malakasini oshirish va bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

white medical equipment

15-yanvar tadbiri

15-yanvar kuni texnikumda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda texnikum vakillari, YOIBDO‘ O. Atakulov, o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar bayram bilan tabriklanib, Qurolli Kuchlar faoliyati, amalga oshirilgan ishlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, texnikum psixologi Z. Mirzakulova tomonidan talabalar ishtirokida psixologik treninglar tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qildi.